OROLBO‘YI HUDUDIDA BIOLOGIK XILMAXILLIK O‘ZGARISHINING TABIIY O‘CHOQLI INFEKSIYALAR EPIDEMIOLOGIYASIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududida biologik xilma-xillikning o‘zgarishi va uning tabiiy o‘choqli infeksiyalar epidemiologiyasiga ta’siri tahlil qilingan. Orol dengizining qurishi, cho‘llanish, tuproq sho‘rlanishi, suv rejimining o‘zgarishi va tabiiy yashash muhitlarining degradatsiyasi natijasida hayvonlar populyatsiyalari hamda kasallik qo‘zg‘atuvchilarining tabiiy rezervuarlari o‘rtasidagi ekologik munosabatlarning o‘zgarishi yoritilgan. Ayniqsa, kemiruvchilar, katta qumsichqon (Rhombomys opimus), iskabtoparlar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilarning leyshmanioz hamda boshqa zoonoz infeksiyalar epidemiologiyasidagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, antropogen bosim va landshaft transformatsiyasining patogenlarning tabiiy aylanishiga ta’siri ilmiy adabiyotlar asosida izohlangan. Maqolada ekologik va epidemiologik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda Orolbo‘yi hududida tabiiy o‘choqli infeksiyalarning shakllanish xususiyatlari umumlashtirilgan.
Authors
- Rozaxan Matniyazovna Esenbaeva
Publication Details
- Journal
- Central Asian Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-06
- DOI
- https://doi.org/10.70413/cajar-v04-i10-a9941
- Primary Topic
- Zoonotic diseases and public health
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00