XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMIDAGI TIZIMLI MUAMMOLAR VA ULARNING TAHLILI
Maqolada xizmat ko'rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi subyektlar, obyektlar, vositalar va ta'minlovchi quyi tizimlar birligi sifatida tarkiblashtirilgan hamda undagi tizimli muammolar aniqlangan. Milliy statistika qo'mitasining 2025-yilgi ma'lumotlari asosida bozor xizmatlarining 39,8 % i Toshkent shahrida jamlangani, hududiy konsentratsiya indeksi (HHI) 1910 punktni tashkil etib, teng taqsimotdagi darajadan 2,7 baravar yuqoriligi, "oilaviy tadbirkor" maqomidagi subyektlar esa yuridik shaxs tashkil etmagan kichik biznesning 0,79 % iga to'g'ri kelishi ko'rsatildi. Muammolar daraxti va mexanizm elementlari matritsasi yordamida muammolarning yakka emas, balki moliyaviy, soliq-huquqiy, tashkiliy, axborot-statistik va kadrlar quyi tizimlarining o'zaro nomuvofiqligidan kelib chiqishi asoslandi. Mexanizmni "resurs taqsimlash" modelidan "natijaga yo'naltirilgan ekotizim" modeliga o'tkazish bo'yicha takliflar berildi.
Authors
- Iskandarov Sunnatillo Baxriddin O’g’li
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-05
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23969725
- Primary Topic
- Economic and Industrial Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00