XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO'NALISHLARI
Maqolada O'zbekiston xizmat ko'rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning institutsional asoslari regulyativ, moliyaviy, tashkiliy-infratuzilmaviy va ijtimoiy-madaniy bloklar kesimida tahlil qilingan. Milliy statistika qo'mitasining 2021–2025-yillar ma'lumotlari asosida bozor xizmatlari hajmi o'rtacha yillik 28,2 % (nominal) sur'atda o'sgani, biroq yuridik shaxs tashkil etmagan kichik tadbirkorlik subyektlari tarkibida "oilaviy tadbirkor" maqomidagilar atigi 0,8 % ni tashkil etishi aniqlandi. Davlat dasturlarining kredit hajmiga yo'naltirilganligi, ularning qishloq xo'jaligi yo'nalishiga og'ishi va oilaviy biznesni statistik hisobga olishning yo'qligi asosiy institutsional nomutanosibliklar sifatida ko'rsatildi. Oilaviy biznes tushunchasini tashkiliy-huquqiy shakldan ajratish, reyestrda "oilaviy biznes" belgisini joriy etish, bosqichma-bosqich moliyalashtirish va natijaga asoslangan monitoring tizimini yaratish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi.
Authors
- Iskandarov Sunnatillo Baxriddin O’g’li
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-05
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23969735
- Primary Topic
- Economic and Industrial Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00