O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA YUNESKO O‘RTASIDAGI MADANIY-GUMANITAR HAMKORLIK TARIXI
Respublikasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning 1993–2026-yillardagi shakllanishi va rivojlanishi tahlil etiladi. Tadqiqot tarixiy-xronologik, institutsional hamda qiyosiy-tahliliy metodlarga asoslangan bo‘lib, xalqaro tashkilotning birlamchi hujjatlari, Jahon merosi markazi ma’lumotlari va O‘zbekiston davlat organlari axborotlaridan foydalanilgan. Hamkorlikning dastlabki institutsionallashuvi, moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylashdagi mexanizmlar, ta’lim va ilmiy salohiyatni rivojlantirish borasidagi dasturlar, shuningdek, 2025-yilgi Samarqand Bosh konferensiyasining tarixiy o‘rni yoritiladi. Natijalar hamkorlikning madaniy yodgorliklarni xalqaro tan olish doirasidan ta’lim sifati, ijodiy iqtisodiyot, raqamli savodxonlik va barqaror rivojlanish masalalarini qamrab oluvchi ko‘p tarmoqli sheriklikka evolyutsiyalanganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, merosni saqlashda boshqaruv rejalari, mahalliy jamoalar ishtiroki va ilmiy monitoringni kuchaytirish zarurati asoslanadi.
Authors
- Ro'ziyeva Shohista Sayfullayevna.
Publication Details
- Journal
- HSR (London)
- Published
- 2026-11-03
- Primary Topic
- Central Asia Education and Culture
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00