REFRAKTIV JARROHLIKDAN KEYINGI SHOX PARDA NEYROPATIK OG'RIG'I: KLINIK XUSUSIYATLAR VA XAVF OMILLARI
Kichik kesimli lentikula ekstraksiyasi (SMILE) refraktiv jarroxlik amaliyotidan keyingi ko'z shox pardasining neyropatik og'rig'i rivojlanish chastotasi yuqori hisoblanadi va bu holat ba'zi bemorlar uchun ancha og'ir kechishi mumkin. Bunday holatlarning xavf omillari haqida ma'lumotlar hali yetarli emas. Olimlardan Teo va uning hammualliflari operatsiyadan oldingi yuqori anomal refraksiyali hamda ko'z shox pardasi nervlarining operatsiyadan oldingi yomon holati mos ravishda SMILE va ko'z ichi lazerli keratomilezi (LASIK) amaliyotlardan keying shoh parda neyropatik og`riq uchun jiddiy xavf omillari ekanligini aniqladi. Olimlar o`tkazgan tajribaga ko`ra, tadqiqotga SMILE yoki LASIK amaliyotlari o`tkazilgan 100 ta ko'z kiritildi va bemorlar 2 guruhga ajratildi. Tadqiqotga jalb qilingan bemorlarning o'rtacha yoshi 30.6 ± 6.0 yoshni tashkil etgan. Tekshiruvlar ko'z yuzasini baholash, in vivo konfokal mikroskopiya skanerlashi hamda ko'z yoshi neyromediatorlari va proteomikasi tahlillarini o'z ichiga oldi. Ko`zdagi shoh parda neyropatik og`rig`ini baholash so'rovnomaga berilgan javoblar asosida aniqlandi. Amaliyotdan keyingi shoh parda neyropatik og`rig`i bilan bog'liq xavf omillarini aniqlash uchun bir o'zgaruvchili va ko'p o'zgaruvchili tahlillar o'tkazildi. Umuman olganda, amaliyotdan keyingi shoh parda neyropatik og`rig`i ko'z yoshidagi nerv o'sishi faktori (NGF), kalsitonin-gen bog'liq peptid (CGRP), Frizzled oilasiga mansub 7-retseptor va nukleoziddifosfatkinaza-3 darajalarining sezilarli darajada oshishi bilan bog'liqligi aniqlandi. Shoh parda neyropatik og`rig`i uchrash darajasi SMILE amaliyotida biroz yuqoriroq bo'lganligi aniqlandi (13.3% ga qarshi LASIK guruhidagi 10.5%). SMILE amaliyoti o`tkazilgan guruhda shoh parda neyropatik og`rig`i aniqlangan bemorlarda (Shoh parda neyropatik og`rig`i aniqlanmaganlarga qaraganda) amaliyotdan oldingi manifest refraktiv sferik ekvivalent (MRSE) va sferik kuch ko'rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo`lgan. LASIK guruhida esa shoh parda neyropatik og`rig`i holati ko'z shox pardasi nerv tolalarining sezilarli darajada qisqaligi), nerv fraktal o'lchamining pastligi, nerv tolalari kengligining kattaligi va nevroma (nerv tuguni) maydonining kattaligi bilan bog'liqligi aniqlandi. SMILE holatlarida MRSE ko'rsatkichining −8.0 D dan yuqori bo'lishi operatsiyadan keyingi shoh parda neyropatik og`rig`i xavfini deyarli 10 barobarga oshirgan. Olimlarning ta`kidlashicha "Bizning taxminimizcha, SMILE operatsiyasida nervlarning kesilishi nisbatan minimal bo'lgani va keyingi qayta innervatsiya (nerv tolalarining tiklanishi) LASIKga qaraganda tezroq sodir bo'lgani sababli, operatsiyadan oldingi nerv holatining yomonroq bo'lishi SMILEda unchalik jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi mumkin", deydi mualliflar. Ularning fikricha ushbu tadqiqotda aniqlangan klinik xususiyatlar va xavf omillari shox parda refraktiv jarrohligidan keyin Shoh parda neyropatik og`rig`iga moyilligi bo'lgan bemorlarni oldindan aniqlashga yordam beradi. Aniqlangan oqsillar va neyromediatorlar esa shoh parda neyropatik og`rig`i biomarkerlari hamda amaliyotdan keyingi shoh parda neyropatik og`rig`ini davolash uchun terapevtik nishon sifatida xizmat qilishi mumkin. SMILE va LASIK guruhlari o'rtasida amaliyotdan oldingi MRSE darajasidagi farq tadqiqotning zaif tomoni bo'lishi mumkin, bu esa yakuniy natijalarni biroz buzgan bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Bundan tashqari, og'riqni baholash so'rovnomasi operatsiyadan keyingi birinchi yil davomida faqat ikki marta o'tkazilgani sababli, shoh parda neyropatik og`rig`ining ba'zi holatlari e'tibordan chetda qolib ketgan bo'lishi ham mumkin.
Authors
- N.N. Xasanov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-04
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23944764
- Primary Topic
- Corneal surgery and disorders
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00