KVADRATIK STOXASTIK OPERATORLARNING IQTISODIYOTGA TATBIQI
Tadqiqotning maqsadi — bozordagi raqobat dinamikasini iste'molchilar xulq-atvoridan kelib chiqib kvadratik stoxastik operatorlar (KSO) yordamida modellashtirish va model uchun iqtisodiy ma'noga ega natijalarni analitik asoslashdan iborat. Tadqiqot usuli sifatida iste'molchilarning tasodifiy juft uchrashuvlari va brend almashtirish ehtimolliklariga asoslangan diskret vaqtli model, Volterra tipidagi KSOlarning kanonik ko'rinishi, Lyapunov funksiyalari usuli hamda o'rta qiymatlar tengsizligi qo'llanildi. Natijada bozor ulushlari dinamikasi Volterra tipidagi KSO ekanligi qat'iy isbotlandi; ichki muvozanat mavjudligi mezoni, ustun firmaning bozorni geometrik tezlikda egallashi va raqobatbardosh bo'lmagan firmaning bozordan chiqishi haqidagi teoremalar, shuningdek, uch firmali siklik raqobatda trayektoriyalarning simpleks chegarasiga yaqinlashishi analitik usulda isbotlandi. Sonli misollar olingan baholarni va bozor yetakchiligining uzayib boruvchi davrlar bilan almashishini ko'rgazmali tasdiqlaydi. Natijalar monopoliyaga o'tish, raqobatchilarning birga yashashi va bozor beqarorligi hodisalarini yagona matematik asosda tushuntiradi.
Authors
- Mirxodjayeva Najibaxon Shaxsuvarovna
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-04
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23943364
- Primary Topic
- Mathematical and Theoretical Epidemiology and Ecology Models
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00