POSTINDUSTRIAL TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK KATEGORIYALARI, MEZONLARI VA INDIKATORLARI
Maqolada global noaniqliklar, iqlim o‘zgarishlari va logistika zanjirlarining uzilishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy-metodologik asoslari chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, sohani strategik boshqarishda ishlatiladigan tizimli yondashuvlar, mezonlar va indikatorlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida oziq-ovqat xavfsizligi fenomeni takror ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida baholanib, sohadagi axborot nomutanosibligi va bozor kon’yunkturasining noaniqligini kamaytirishning nazariy modeli ishlab chiqilgan. Xalqaro tashkilotlar (FAO) va Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi (GFSI) metodologiyalari qiyosiy o‘rganilib, oxirgi besh yillik (2021–2025 yy.) makroiqtisodiy tendensiyalari asosida O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun demografik va ekologik bosim indikatorlarini integratsiyalash zarurati asoslangan.
Authors
- Saidaxmedova N.I
- Norbekova N.M
Publication Details
- Journal
- MANAGEMENT AND ECONOMICS SCIENTIFIC RESEARCH JOURNAL
- Published
- 2026-11-02
- Primary Topic
- Agricultural Development and Policies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00