BOʻLAJAK CHET TILI OʻQITUVCHILARI UCHUN KASBIY-PEDAGOGIK LEKSIKANI TANLASH VA OʻQITISH: SHAXSGA YOʻNALTIRILGAN YONDASHUV
Maqolada boʻlajak chet tili oʻqituvchilarining leksik kompetensiyasi tarkibidagi kasbiy-pedagogik leksika qatlamini tanlash va oʻqitish masalasi koʻrib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi ushbu qatlamning tarkibi va tanlash mezonlarini aniqlash hamda uni shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim texnologiyasi asosida oʻqitish yoʻllarini asoslashdan iborat. Ingliz tili yoʻnalishidagi “Til aspektlari amaliyoti”, “Til aspektlarini oʻqitish amaliyoti” va “Leksikologiya” fanlari dasturlari hamda keng qoʻllaniladigan uchta darslik seriyasi kontent-tahlil qilindi, talabalarning diagnostik test natijalari va xatolari oʻrganildi. Tahlil kasbiy-pedagogik leksikaning amaldagi dasturlarda alohida qatlam sifatida ajratilmaganini, talabalar esa metodik terminlarni tanisa-da, ularni nutqda qoʻllashda qiynalishini koʻrsatdi. Natijada kasbiy-pedagogik leksikaning uch qatlamli tarkibi (sinf ichidagi muloqot leksikasi, dars jarayonining tipik iboralari, metodik terminologiya), uni tanlashning besh mezoni hamda differensial, reflektiv, tanlovga asoslangan va muammoli-vaziyatli mashqlardan iborat oʻqitish tizimi taklif etildi. Fargʻona vodiysidagi toʻrtta oliy taʼlim muassasasida 486 nafar talaba ishtirokida oʻtkazilgan olti oylik tajriba-sinovda tajriba guruhlarida quyi darajadagi talabalar ulushi 43,3% dan 7,5% gacha kamaydi, nazorat guruhlarida esa deyarli oʻzgarmadi. Maqola yakunida oʻquv dasturlariga kasbiy-pedagogik leksika boʻyicha alohida modul kiritish tavsiya etiladi.
Authors
- Feruza Salimdjonovna Maxmudova
Publication Details
- Published
- 2026-11-03
- DOI
- https://doi.org/10.70413/edutech-v01-i01-a8991
- Primary Topic
- Second Language Acquisition and Learning
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00