TAJRIBAVIY MOYAK SARATONIDA NUR TERAPIYADAN KEYIN YO'G'ON ICHAK SHILLIQ QAVATIDAGI MORFOLOGIK O'ZGARISHLAR

Dolzarbligi. Onkologik kasalliklarni nur terapiya bilan davolashda ichak shilliq qavatining shikastlanishi davolash toksikligini oshiradi, kasalxonada yotish muddatini uzaytiradi. Moyak saratonida nur terapiya fonida yo'g'on ichakda kechadigan morfologik o'zgarishlar yetarli o'rganilmagan. Maqsad. Tajribaviy moyak saratonida nur terapiyadan keyin kalamushlar yo'g'on ichagi shilliq qavatidagi tuzilish va hujayra tarkibi o'zgarishlarini aniqlash. Material va usullar. 6 oylik 201 ta oq zotsiz erkak kalamushdan 161 tasiga 7,12-dimetilbenzantratsen kantserogeni teri ostiga 0,1 mg dozada yuborilib, 111 tasida (68,9%) moyak saratoni chaqirildi. Nazorat guruhi 40 ta hayvondan, nur terapiya olgan guruh 28 ta hayvondan iborat bo'ldi. Nur terapiya 10 kun davomida kuniga 0,2 Gy (umumiy 2 Gy) dozada o'tkazildi. 4–6 mkm qalinlikdagi parafin kesmalar gematoksilin-eozin va Mallori usulida bo'yaldi, kripta chuqurligi va hujayra elementlari morfometrik hisoblandi. Natijalar. Nur terapiya fonida barcha qismlarda o'tkir yallig'lanish belgilari rivojlandi, shilliq qavat arxitektonikasining tiklanish jarayonlari buzildi. Terminal sohada qadahsimon hujayralar kamaydi, hujayra tarkibida limfotsitlar, makrofaglar va yakka neytrofillar ustun bo'ldi. Nazoratga nisbatan kripta chuqurligi 173,51±0,41 mkm dan 156,12±0,37 mkm gacha (10,02% ga) qisqardi. Qadahsimon hujayralar 66,55±0,51 dan 61,27±0,54 gacha, ustunsimon hujayralar 32,62±5,47 dan 18,98±3,1 gacha kamaydi. Shu bilan birga semiz hujayralar 5,15±0,35 dan 12,92±0,54 gacha (taxminan 2,5 marta), limfotsitlar 19,85±0,67 dan 33,92±0,69 gacha, makrofaglar 3,54±0,56 dan 7,11±0,68 gacha (2 marta), plazmotsitlar 10,85±0,49 dan 14,54±0,68 gacha, neytrofillar 1,24±0,39 dan 2,15±0,34 gacha oshdi (barcha farqlar p≤0,05). Xulosa. Moyak saratonida nur terapiya yo'g'on ichak epiteliysining atrofiyasiga, kriptalar qisqarishiga va shilliq qavatda yallig'lanish hujayralari infiltratsiyasiga olib keladi. Bu o'zgarishlar nur terapiya o'tkazilayotgan bemorlarda ichak shikastlanishining oldini olish zarurligini ko'rsatadi.

Authors

Publication Details

Journal
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Published
2026-11-03
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23906508
Primary Topic
Effects of Radiation Exposure
Type
article
Field-Weighted Citation Impact
0.00
Controls
|||
ALL TIME
JAN
FEB
MAR
APR
MAY
JUN
JUL
AUG
SEP
OCT
article

TAJRIBAVIY MOYAK SARATONIDA NUR TERAPIYADAN KEYIN YO'G'ON ICHAK SHILLIQ QAVATIDAGI MORFOLOGIK O'ZGARISHLAR

A.H. Bafoyev, J.J. Bahronov
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Effects of Radiation Exposure
article

TAJRIBAVIY MOYAK SARATONIDA NUR TERAPIYADAN KEYIN YO'G'ON ICHAK SHILLIQ QAVATIDAGI MORFOLOGIK O'ZGARISHLAR

A.H. Bafoyev, J.J. Bahronov
article en

Abstract

Dolzarbligi. Onkologik kasalliklarni nur terapiya bilan davolashda ichak shilliq qavatining shikastlanishi davolash toksikligini oshiradi, kasalxonada yotish muddatini uzaytiradi. Moyak saratonida nur terapiya fonida yo'g'on ichakda kechadigan morfologik o'zgarishlar yetarli o'rganilmagan. Maqsad. Tajribaviy moyak saratonida nur terapiyadan keyin kalamushlar yo'g'on ichagi shilliq qavatidagi tuzilish va hujayra tarkibi o'zgarishlarini aniqlash. Material va usullar. 6 oylik 201 ta oq zotsiz erkak kalamushdan 161 tasiga 7,12-dimetilbenzantratsen kantserogeni teri ostiga 0,1 mg dozada yuborilib, 111 tasida (68,9%) moyak saratoni chaqirildi. Nazorat guruhi 40 ta hayvondan, nur terapiya olgan guruh 28 ta hayvondan iborat bo'ldi. Nur terapiya 10 kun davomida kuniga 0,2 Gy (umumiy 2 Gy) dozada o'tkazildi. 4–6 mkm qalinlikdagi parafin kesmalar gematoksilin-eozin va Mallori usulida bo'yaldi, kripta chuqurligi va hujayra elementlari morfometrik hisoblandi. Natijalar. Nur terapiya fonida barcha qismlarda o'tkir yallig'lanish belgilari rivojlandi, shilliq qavat arxitektonikasining tiklanish jarayonlari buzildi. Terminal sohada qadahsimon hujayralar kamaydi, hujayra tarkibida limfotsitlar, makrofaglar va yakka neytrofillar ustun bo'ldi. Nazoratga nisbatan kripta chuqurligi 173,51±0,41 mkm dan 156,12±0,37 mkm gacha (10,02% ga) qisqardi. Qadahsimon hujayralar 66,55±0,51 dan 61,27±0,54 gacha, ustunsimon hujayralar 32,62±5,47 dan 18,98±3,1 gacha kamaydi. Shu bilan birga semiz hujayralar 5,15±0,35 dan 12,92±0,54 gacha (taxminan 2,5 marta), limfotsitlar 19,85±0,67 dan 33,92±0,69 gacha, makrofaglar 3,54±0,56 dan 7,11±0,68 gacha (2 marta), plazmotsitlar 10,85±0,49 dan 14,54±0,68 gacha, neytrofillar 1,24±0,39 dan 2,15±0,34 gacha oshdi (barcha farqlar p≤0,05). Xulosa. Moyak saratonida nur terapiya yo'g'on ichak epiteliysining atrofiyasiga, kriptalar qisqarishiga va shilliq qavatda yallig'lanish hujayralari infiltratsiyasiga olib keladi. Bu o'zgarishlar nur terapiya o'tkazilayotgan bemorlarda ichak shikastlanishining oldini olish zarurligini ko'rsatadi.

Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Openalex Percentile: Top 14%
Effects of Radiation Exposure
AI Navigator

Ask Laika to Summarize, Analyze, and Connect papers live on the map.

Summarize Papers & Methodologies

Extract key findings, datasets, and comparative methods across publications.

Benchmark Rankings & Visual Analytics

Rank top research institutions, authors, funders, topics, and journals by Field-Weighted Citation Impact (FWCI) and paper volume with instant charts.

Connect Distant Disciplines

Bridge topological clusters on the map to find hidden collaborative intersections.

Laika access coming soon