QALAMTASVIR FANINI O‘QITISHDA BOSQICHMA-BOSQICH TASVIRLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolamda asosan qalamtasvir fanini o‘qitishda tasvir yaratish bosqichlarini izchil tashkil etish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritiladi. Tadqiqotda naturani qog‘oz yuzasiga joylashtirish, umumiy shaklni belgilash, konstruktiv qurilishni amalga oshirish, qismlar nisbatini tekshirish va yakuniy ishlov berish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi o‘rganiladi. Shuningdek, har bir bosqichda uchraydigan grafik xatolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilash hamda talabalarning mustaqil ishlash faoliyatini tashkil etish usullari tahlil qilinadi. Mashg‘ulotlarda o‘quv topshiriqlarining murakkablik darajasini bosqichma-bosqich oshirish va bajarilgan ishlarni aniq mezonlar asosida baholashga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari qalamtasvir mashg‘ulotlarining metodik samaradorligini oshirish va talabalarda tasvir yaratish ko‘nikmalarini izchil shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda qo‘llanishi mumkin.
Authors
- Sirojidinova Gulsevar Maxmudjon qizi
Institutions
- Andijon Davlat Pedagogika instituti (UZ)
Publication Details
- Journal
- JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH
- Published
- 2026-10-30
- Primary Topic
- Art Education and Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00