QALAMTASVIR ORQALI TALABALARDA FAZOVIY TAFAKKUR VA KUZATUVCHANLIKNI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada qalamtasvir mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning fazoviy tafakkuri va kuzatuvchanligini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqotda geometrik jismlarning fazodagi joylashuvi, shakllar o‘rtasidagi nisbatlar, perspektiv qisqarish hamda tasvir tekisligida chuqurlikni ifodalash masalalariga e’tibor qaratiladi. Talabalarning naturani tahlil qilish, ko‘rish orqali olingan ma’lumotlarni solishtirish va kuzatilgan obyektning tuzilishini grafik vositalar yordamida ifodalash jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, fazoviy tasavvurni shakllantirishga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlarni murakkablik darajasiga ko‘ra tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada qalamtasvir mashg‘ulotlarini izchil rejalashtirish orqali talabalarning mustaqil fikrlashi va tasviriy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar bayon etiladi.
Authors
- Sirojidinova Gulsevar Maxmudjon qizi
Institutions
- Andijon Davlat Pedagogika instituti (UZ)
Publication Details
- Journal
- IZLANUVCHI
- Published
- 2026-10-30
- Primary Topic
- Art Education and Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00