DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAVIY XAVFLARNI BAHOLASHNING RAQAMLI MODELLARINI ISHLAB CHIQISH.
Mazkur maqolada davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashning raqamli modellarini ishlab chiqish tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda fuqarolar hayotidagi amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Shuningdek, raqamli boshqaruvni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy omillari sifatida davlat siyosati, normativ-huquqiy baza hamda ijtimoiy institutlarning roli tahlil qilingan. Tadqiqotda boshqaruvda ochiqlik va shaffoflikni oshirish orqali jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash mumkinligi asoslab berilgan. Shuningdek, boshqaruv jarayonini takomillashtirish, sohada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola yakunida davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashning raqamli modellarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Authors
- Otajon Davlat o‘g‘li Eshonqulov
- Malak Lutfilla qizi Mardonova
Institutions
- Sarbon University (UZ)
Publication Details
- Journal
- Бюллетень студентов нового Узбекистана
- Published
- 2026-10-29
- DOI
- https://doi.org/10.70413/yota-v04-i10-a9166
- Primary Topic
- Corruption and Economic Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00