KO'P QATLAMLI YARA BOG'LAMINING PRO-YALLIG'LANISH SITOKINLARI (IL-1β, IL-6, TNF-α) DARAJASIGA TA'SIRI
Kirish. IL-1β, IL-6 va TNF-α ning uzoq davom etuvchi giperproduksiyasi yallig'lanish fazasini cho'zadi, granulyatsion to'qima shakllanishi va epitelizatsiyani sekinlashtiradi. Zamonaviy ko'p qatlamli yara bog'lamlarining klinik samarasi o'rganilgan, biroq ularning tizimli sitokin darajasiga ta'siri yetarlicha yoritilmagan. Tadqiqot maqsadi — standart davo va ko'p qatlamli bog'lam qo'shilgan davoni pro-yallig'lanish sitokinlari bo'yicha solishtirish. Material va usullar. Prospektiv nazoratli tadqiqotda mexanik teri shikastlanishi (kesilgan, sanchilgan, lat yegan va yirtilgan yaralar) bo'lgan bemorlar o'rganildi. II guruh (n = 30) amaldagi klinik tavsiyalar bo'yicha standart kompleks davo oldi; III guruhda (n = 30) standart davoga ko'p qatlamli yara bog'lami qo'shildi, qon 3-sutkada olindi. Nazorat guruhi — 30 nafar sog'lom ko'ngilli. Qon zardobida IL-1β, IL-6 va TNF-α immunoferment tahlil usulida aniqlandi; Styudent yoki Mann–Uitni mezoni qo'llandi (p < 0,05). Natijalar. Bog'lam guruhida barcha uchta sitokin standart davo guruhiga nisbatan sezilarli past bo'ldi (p < 0,001). IL-6 eng ko'p farq qildi: 30,91 ± 3,30 ga qarshi 11,78 ± 1,74 pg/ml (−61,9%). IL-1β 16,45 ± 1,77 dan 10,61 ± 1,82 pg/ml gacha (−35,5%), TNF-α 8,17 ± 0,85 dan 6,21 ± 0,87 pg/ml gacha (−24,0%) past bo'ldi. Standart davodan keyin IL-6 nazoratdan (6,18 ± 1,54 pg/ml) 5,0 marta yuqori qolgan bo'lsa, bog'lam guruhida bu farq 1,9 martagacha qisqardi. Muhokama. Ko'p qatlamli bog'lam faqat mahalliy himoya muhitini yaratmay, tizimli yallig'lanish javobini ham samarali susaytiradi. IL-1β va TNF-α ning pasayishi proteolitik faollik va hujayradan tashqari matriks shikastlanishini kamaytirib, regeneratsiya fazasiga ertaroq o'tishga sharoit yaratadi. Natijalar ko'p qatlamli bog'lamni mexanik teri shikastlanishlarini kompleks davolashga kiritishni asoslaydi; ular bir markazli tadqiqot va erta kuzatuv muddati bilan cheklangan.
Authors
- Ismoilov Ibodjon Imomjonovich
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-29
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23755075
- Primary Topic
- Wound Healing and Treatments
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00