ROSSIYA IMPERIYASINING QO'QON XONLIGIGA QARSHI HARBIY HARAKATLARI
Ushbu maqolada Rossiya imperiyasining Qo'qon xonligiga qarshi olib borgan harbiy harakatlari, ularning asosiy sabablari va tarixiy oqibatlari yoritilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoni bosib olishga qaratilgan mustamlakachilik siyosati kuchaydi. Natijada Qo'qon xonligi bilan Rossiya imperiyasi o'rtasidagi munosabatlar keskinlashib, harbiy to'qnashuvlar yuzaga keldi. Maqolada Rossiya qo'shinlarining Qo'qon xonligi hududlariga yurishlari, Toshkentning bosib olinishi, xonlikning siyosiy va harbiy ahvoli hamda Qo'qon xonligining tugatilish jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur harbiy harakatlarning xonlik aholisi hayotiga, siyosiy mustaqilligiga va O'rta Osiyo tarixiy taraqqiyotiga ko'rsatgan ta'siri bayon etiladi.
Authors
- So'g'diyona Shermamatova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-29
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23754383
- Primary Topic
- Soviet and Russian History
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00