TIJORAT BANKLARI CALL-MARKAZLARIDA GENERATIV OVOZLI AI-AGENTLAR: SAMARADORLIK VA KONSEPTUAL MODEL
Ushbu tadqiqotda tijorat banklarining call-markazlarida generativ ovozli sun'iy intellekt agentlarini (AI-agentlar) joriy etishning iqtisodiy va operatsion samaradorligi baholanib, bank sharoitiga mos konseptual model taklif etiladi. Tadqiqotda xalqaro tahliliy prognozlar hamda TBC Bank O'zbekiston amaliyoti kontent-tahlil va qiyosiy keys-tahlil usullari bilan o'rganilgan, e'lon qilingan xarajat va tejam ko'rsatkichlari qayta hisoblangan. Hisob-kitob birlik xarajatning pasayishi e'lon qilingan 2,3 mln dollarlik tejamning taxminan 32 foizinigina izohlashini ko'rsatdi. Taklif etilgan gibrid model yetti qatlamdan iborat: telefoniya, nutqni tanish, generativ dialog, bank tizimlari bilan integratsiya, nutq sintezi, operatorga uzatish hamda monitoring va muvofiqlik. Samaradorlikni o'lchovchi ko'rsatkichlar tizimi, asosiy xatarlar (gallyutsinatsiya, til aralashuvi, firibgarlik, shaxsga doir ma'lumotlar) va ularni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar ilgari surilgan. Ilmiy yangilik samaradorlikni faqat xarajat bo'yicha emas, balki iqtisodiy, operatsion va sifat ko'rsatkichlari majmuasi bilan baholash yondashuvini asoslashdan iborat. Modelning har bir qatlami uchun nazorat ko'rsatkichi va asosiy xatar belgilangan. Amaliyot ko'rsatkichlari mustaqil auditdan o'tmagani alohida qayd etilgan. Natijalar banklarda AI-agentlarni bosqichma-bosqich joriy etishda qo'llanishi mumkin.
Authors
- Jahongir Dushabaevich Xojiyev
- Dilso'z Tuxtamurodova Baxriddin qizi
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-29
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23758800
- Primary Topic
- AI in Service Interactions
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00