TIZZA BO'G'IMINING ANATOMIK TUZILISHI: BOYLAMLAR VA MENISKLARNING AHAMIYATI (ADABIYOTLAR SHARHI)
Maqsad — tizza bo'g'imining anatomik tuzilishini, uning boylamlari va menisklarining vazifasini tibbiyot talabalari uchun tizimli bayon qilish. Metodlar — xalqaro o'quv va ilmiy manbalarning tahliliy sharhi. Natijalar — tizza bo'g'imi bo'g'im bo'shlig'ida ikkita bo'g'im (boldir-son va tizza qopqog'i-son) hosil qiluvchi sinovial bo'g'imdir. Oldingi xochsimon boylam boldirning oldinga, orqa xochsimon boylam esa orqaga siljishiga to'sqinlik qiladi, yon boylamlar yon tomonga siljishni cheklaydi. Menisklar bo'g'im yuzasini chuqurlashtirib, zarbani yumshatadi; yetuk meniskda qon tomirlar faqat tashqi 10–25% qismda bor, shu sababli ichki qismdagi yirtiqlar yomon tiklanadi. Xulosa — boylam va menisklarning tuzilishini bilish tizza jarohatlarini, jumladan "baxtsiz uchlik"ni tushunish uchun zarur.
Authors
- Maxliyo Xamidjonova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-29
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23768511
- Primary Topic
- Knee injuries and reconstruction techniques
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00