YANGI O'ZBEKISTONNING JAMIYAT EKOLOGIK MADANIYATINI YUKSALTIRISH KONTSEPTSIYASI
Yangi O'zbekistonning jamiyat ekologik madaniyatini yuksaltirish kontseptsiyasi avvalo respublikamizda 1992-yili qabul qilingan Asosiy Qonun - Konstituttsiyamizga asoslanadi. 2023-yil 30-aprelda qabul qilingan Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasidagi ekologik vazifalar ana shu birinchi Konstituttsiyadagi fundamental g'oyalarni davom ettiradi. Birinchi Konstitutsiyada "yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir" (24 modda), "atrof-muhitga ehtiyotkora munosabatda bo'lishga fuqarolar majbur" (50 modda), "er, yer osti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir" (55 modda) deb ko'rsatilgan. Yangilangan Konstituttsiyada ular yanada oydinlashtirilgan va to'ldirilgan. Unga ko'ra (49 modda) har kim yashashga, qulay tabiiy muhitga, ushbu atrof-muhit haqida zarur axborotlar olishga, davlat fuqarolarning ekologik huquqini ta'minlash, shaharsozlikda atrfo-muhitga zararli ta'sirlarning oldini olishga qaratilgan nazoratni, chora-tadbirlarni amalga oshiradi, deb ko'rsatilgan. Shuningdek, unda davlat shaharsozlikka oid hujjatlarni, qonunlarda qayd etilganidek, jamoatchilik ekspertizasidan o'tkazish, mamlakatni barqaror rivojlanishini va ekologik muvozanatni ta'minlashga qaratilgan atrof-muhitni himoya qilish, qayta tiklash va yaxshilash choralarini ko'radi. Orol oldi bo'ylaridagi ekologik muhitni yaxshilash, hududning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga oid chora-tadbirlar ko'rishi ta'kidlangan [1]. "Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish majburiyati faqat atrofni toza saqlash, ekologiyani buzmaslik, tabiat ne'matlariga zarar keltirmaslikgina emas, tabiatning barcha boyliklariga (er osti manbalari, hayvonot dunyosi) ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni nazarda tutadi. Сhunki, ularning barchasi tabiat qismi va hayotiy manbalardir" [2]. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan yuqoridagi vazifalar jamiyatning ekologik madaniyatini yuksaltirishda muhim, fundamental ahamiyatga egadir. Biroq jamiyat rivojining permanent xususiyati barcha dasturlar, g'oyalar va rejalarga o'z ta'sirini ko'rsatadi, ya'ni ularga sotsiodinamik voqelik sifatida yondashishni taqozo etadi. Yangi O'zbekistonning keyingi o'n yil ichida jahon hamjamiyati bilan integratsion aloqalarining kengayishi, ilg'or davlatlar bilan tajriba almashishi va jahon standartlari darajasidagi taraqqiyotga erishishni ko'zlayotgani ekologik madaniyatni yuksaltirish muammolarini ham ana shu o'zgarishlarga muvofiq, har bir taraqqiyot bosqichining xususiyatlarini hisobga olgan tarzda, amalga oshirishga undamoqda. 2017-2021-yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasidagi vazifalar asosan bajarildi, Yangi O'zbekiston bugun 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq yashamoqda.
Authors
- Султамуратов Бегис Утебаевич
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-29
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23758203
- Primary Topic
- Environmental law and policy
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00