ALEKSANDR FAYNBERG IJODIDA TOSHKENT OBRAZI: VATAN TUYG‘USI, TARIXIY XOTIRA VA SHAHAR POETIKASI
Maqolada Aleksandr Faynberg ijodida Toshkent obrazining badiiy vazifalari shaxsiy xotira, tarixiy tajriba va madaniy meros tushunchalari doirasida tahlil qilinadi. “Toshkent. 1943” she’ri, “Monolog o Tashkente” essesi hamda bolalik xotiralariga oid she’riy parchalar qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Tahlil Toshkent obrazining uch o‘zaro bog‘liq qatlamini ajratishga imkon beradi: shaxsiy xotira makoni, insoniy taqdirlar tutashgan tarixiy muhit va kelajak avlod oldidagi ma’naviy mas’uliyat. Natijada shahar Faynberg ijodida oddiy geografik manzildan kengroq ma’no kasb etib, shaxsiy tajriba va jamoaviy xotirani bog‘lovchi badiiy makon sifatida talqin qilinadi.
Authors
- G‘ofurjonova Muazzamxon
Publication Details
- Journal
- ACUMEN INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH
- Published
- 2026-10-28
- DOI
- https://doi.org/10.66301/j87nrm09
- Primary Topic
- Literature and Culture Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00