RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ MA’MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH: ELEKTRON SAVDO VA RAQAMLI XIZMATLARGA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INI JORIY ETISH
Maqolada raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sharoitida elektron savdo va raqamli xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) joriy etishning nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Raqamli xizmatlarning transchegaraviy xususiyati an’anaviy soliq ma’muriyatchiligi mexanizmlarini takomillashtirishni talab etadi. Tadqiqotda xorijiy raqamli xizmat provayderlari, elektron savdo platformalari va marketplace’larning QQSni hisoblash hamda undirishdagi o‘rni o‘rganilgan. Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD) tavsiyalari, Yevropa Ittifoqining One Stop Shop (OSS) va Import One Stop Shop (IOSS) mexanizmlari hamda O‘zbekistonning 2026-yildagi yangi qonunchilik normalari qiyosiy tahlil qilingan. Natijada norezident raqamli xizmat provayderlarini soddalashtirilgan elektron hisobga olish, elektron platformalarni soliq ma’murchiligiga integratsiya qilish, B2B va B2C operatsiyalarini differensial tartibga solish hamda raqamli tranzaksiya ma’lumotlaridan riskga asoslangan nazoratda foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Authors
- Anvar Djabbarov
Publication Details
- Journal
- Innovations in Science and Technologies
- Published
- 2026-10-26
- Primary Topic
- Taxation and Legal Issues
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00