BILISH JARAYONLARI RIVOJLANISHINING NUTQ SHAKLLANISHIGA TA'SIRI
Ushbu maqolada bolalarda nutqning shakllanishi va bilish jarayonlarining o'zaro bog'liqligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Idrok, diqqat va xotiraning nutq rivojlanishidagi o'rni, nutq buzilishlari bo'lgan bolalarda ushbu jarayonlarning namoyon bo'lish xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, nutq rivojlanishidagi qiyinchiliklarning bolaning axborotni qabul qilishi, eslab qolishi, topshiriqlarni tushunishi va bajarishiga ta'siri ko'rib chiqilgan. Maqolada korreksion-logopedik ishlar jarayonida bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olish, bilish faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlarning ahamiyati asoslab berilgan.
Authors
- Maftuna Mustafayeva Sobirjon qizi
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-27
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23682832
- Primary Topic
- Language Development and Disorders
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00