TEXNIKUM O'QUVCHILARIGA "BIZNES ASOSLARI" FANINI O'QITISHDA SIMULYATSIYA METODIGA ASOSLANGAN "JAMG'ARMA" VA "MIKROBIZNES" O'YINLARINING AHAMIYATI.
Maqolada professional ta'lim muassasalari, xususan texnikumlarda "Biznes asoslari" fanini o'qitishda simulyatsiya metodidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Birgit Flamma, Matias Vangler va Sobaxon Raxmanova muallifligidagi "Biznes asoslari" o'quv qo'llanmasida tavsiya etilgan "Jamg'arma o'yini" hamda "Mikrobiznes o'yini" misolida nazariy bilimlarni amaliy qarorlar bilan bog'lash, moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tafakkurini shakllantirish va jamoada ishlash ko'nikmalarini mustahkamlash masalalari yoritiladi. Maqolada simulyatsiya mashg'ulotini tashkil etish bosqichlari, o'qituvchi va o'quvchi rollari, natijalarni baholash mezonlari hamda o'yinlardan samarali foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Shuningdek, mazkur metodning imkoniyatlari bilan bir qatorda vaqt, resurs va baholashdagi ehtimoliy cheklovlari ham ko'rib chiqiladi.
Authors
- Nodirjon Muhammadkozimovich Sotvoldiyev
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-26
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23661685
- Primary Topic
- Innovative Teaching Methodologies in Social Sciences
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00