ABDULHAMID CHO'LPON MILLIY MEROSINING BUGUNGI KUNDAGI TRANSFORMATSIYASI
Ushbu maqolada Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lponning hayoti, ijodiy faoliyati, milliy uyg'onish va milliy o'zlikni anglash yo'lidagi sa'y-harakatlari hamda uning adabiy merosining bugungi kundagi transformatsiyasi yoritiladi. Shuningdek, adibning she'riy asarlarida aks etgan milliy ozodlik, ma'rifat va erkinlik g'oyalari, sovet davridagi siyosiy tazyiqlar hamda qatag'on siyosatining uning hayoti va ijodiga ta'siri tahlil qilinadi. Maqolada Cho'lponning "Kecha va kunduz" romani misolida jamiyatdagi ijtimoiy-ma'naviy muammolar, shaxs erkinligi, milliy uyg'onish va mustamlakachilik muhiti badiiy jihatdan talqin etiladi. Shu bilan birga, adib merosining zamonaviy ta'lim, milliy tarixiy xotira, tarjima va qiyosiy adabiyotshunoslikdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqola Cho'lpon ijodining bugungi avlod ma'naviyati va milliy o'zlikni anglashdagi o'rnini yoritishga qaratilgan.
Authors
- Abdulaziz Azizjon o'g'li Bahromov
- Yaxyobek Shokirjon o'g'li Xudoynazarov
- Hojiakbar Umidjon o'g'li Umaraliyev
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-24
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23623861
- Primary Topic
- Turkish Literature and Culture
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00