RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA YURIDIK TERMINOLOGIYANING LINGVISTIK VA NAZARIY XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida yuridik terminologiyaning lingvistik va nazariy xususiyatlari tahlil qilinadi. Yuridik terminlarning semantik mazmuni, strukturaviy tuzilishi, funksional xususiyatlari hamda huquqiy diskursdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitining terminologik bilimlarni o‘zlashtirish, tizimlashtirish va amaliy qo‘llash jarayonlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Yuridik terminlarning bir ma’nolilikka intilishi, kontekstual xususiyatlari, terminologik tizimlar o‘rtasidagi semantik munosabatlar hamda elektron lug‘atlar va raqamli axborot resurslarining terminologik bilimlarni shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari yuridik terminologiyani raqamli ta’lim sharoitida o‘rganishning nazariy asoslarini chuqurroq anglash va uning lingvistik xususiyatlarini tizimli ravishda tavsiflashga xizmat qiladi.
Authors
- Mahliyo Sur'atjon qizi Mirzayeva
Publication Details
- Journal
- ORIENTAL JOURNAL OF ACADEMIC AND MULTIDISCIPLINARY REASEARCH
- Published
- 2026-10-15
- Primary Topic
- linguistics and terminology studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00