SURXONDARYO VILOYATINING O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARI SHAROITIDA EKISH MUDDATI VA ME’YORINING KINOA (CHENOPODIUM QUINOA WILLD.) DON SIFATIGA TA’SIRI
Maqolada 2024-2026-yillarda Surxondaryo viloyati Angor tumanining o‘rtacha sho‘rlangan taqirsimon tuproqlarida o‘tkazilgan dala tajribasi asosida ekish muddati (15-17 mart, 1-3 aprel, 15-17 aprel) va ekish me’yorining (166, 238 va 333 ming dona/ga) kinoaning ICBA-Q5 navi donining fizik ko‘rsatkichlari, kimyoviy tarkibi va gektaridan olinadigan oziq moddalar yig‘imiga ta’siri yoritilgan. Eng yirik (1000 dona don massasi 3,1-3,3 g) va oqsilga boy (22,6-23,4 %) don 1-3 aprel muddatida 166-238 ming dona/ga me’yorlarida shakllangani, gektaridan eng ko‘p oqsil (396 kg/ga) 1-3 aprel muddatida 238 ming dona/ga me’yorida olingani aniqlangan.
Authors
- Jumayev Shuxrat Maxsadovich (ORCID: https://orcid.org/0009-0005-6109-6215)
- Ko'chkeldiyeva Shahnoza Chorshanbiyevna (ORCID: https://orcid.org/0009-0006-7657-9962)
Publication Details
- Journal
- AGROINNOVATSIYА
- Published
- 2026-10-14
- Primary Topic
- Seed and Plant Biochemistry
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00