PSEVDOTUMOROZ PANKREATIT VA ME'DA OSTI BEZI SARATONIDA KLINIK-LABORATOR KO'RSATKICHLARNING DIAGNOSTIK QIYMATI
Ushbu tadqiqotda meda osti bezining eng murakkab differensial diagnostika qilinadigan patologiyalari — psevdotumoroz (shishsimon) pankreatit va me'da osti bezi saratoni (adenokarsinomasi) bo'lgan bemorlarda klinik-laborator ko'rsatkichlarning diagnostic qiymati baholangan. An'anaviy vizual tekshiruv usullari (UZD, MSKT) ushbu ikki kasallikda ko'pincha bir xil hajmli hosila ko'rinishini berishi sababli, laborator testlar noinvaziv diagnostikada muhim o'rin tutadi. Tadqiqot doirasida qon zardobidagi o'sma markerlari (CA 19-9, CEA), yallig'lanish ko'rsatkichlari (C-reaktiv oqsil, Leykotsitlar formulasi, EChT) va fermentlar (amilaza, lipaza) darajasi qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, CA 19-9 markerining yuqori titrlari (>100 U/ml) saraton kasalligi uchun yuqori o'ziga xoslikka ega bo'lsa-da, xavfsiz psevdotumoroz pankreatitda ham sariqlik fonida vaqtinchalik ortishi kuzatilgan. Laborator ko'rsatkichlarni (CA 19-9 va CRO) birgalikda (kombinatsiyalangan holda) baholash differensial diagnostika aniqligini (sezuvchanlik – 86.4%, o'ziga xoslik – 82.1%) sezarli darajada oshirishi aniqlandi.
Authors
- Munisa Normurod qizi Ikromova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-15
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23398545
- Primary Topic
- Pancreatic and Hepatic Oncology Research
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00