PAYARIQ VA PASTDARG'OM TUMANLARIDA YETISHTIRILGAN BALIQLARDAN TAYYORLANGAN KONSERVALARNING TOKSIK ELEMENTLAR BO'YICHA XAVFSIZLIGI
Maqolada Payariq va Pastdarg'om tumanlarida yetishtirilgan zog'ora baliq, do'ngpeshona va laqqadan tayyorlangan tomat sousidagi konservalarda simob, mishyak, qo'rg'oshin, rux, nikel va temir miqdori aniqlangan. Mishyak, qo'rg'oshin va rux miqdori ruxsat etilgan me'yorlarning mos ravishda 2–5, 10–40 va 4,5–6,2 % ini tashkil etdi, nikel aniqlanmadi. Zog'ora va do'ngpeshona konservalarida simob miqdori 0,31–0,35 mg/kg bo'lib, yirtqich bo'lmagan baliqlar uchun belgilangan me'yordan 1,03–1,17 baravar yuqori bo'ldi. Yirtqich laqqada simob eng ko'p to'plangan (0,46 mg/kg), biroq yirtqich baliqlar me'yoridan past bo'ldi. Natijalar suv havzalarini simob bo'yicha monitoring qilish zarurligini ko'rsatadi.
Authors
- Jahongir Hamza o'g'li Ilashev
- Rahmatullo Kurakbayevich Tashmanov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-15
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23388672
- Primary Topic
- Food and Agricultural Sciences
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00