PAYARIQ VA PASTDARG'OM TUMANLARIDA YETISHTIRILGAN CHUCHUK SUV BALIQLARIDAN TOMAT SOUSIDA TAYYORLANGAN KONSERVALARNING KIMYOVIY TARKIBI
Maqolada Samarqand viloyati Payariq va Pastdarg'om tumanlarida yetishtirilgan zog'ora baliq, do'ngpeshona va laqqadan tomat sousida konserva tayyorlash texnologiyasi hamda tayyor mahsulotning kimyoviy tarkibi o'rganilgan. Payariq tumani konservalarida oqsil 18,8–25,9 %, yog' 12,7–19,6 % ni tashkil etdi, eng yuqori ko'rsatkichlar do'ngpeshona konservasida qayd etildi. Pastdarg'om tumani namunalarida tirik baliq va konserva taqqoslanganda oqsil miqdori sezilarli o'zgarmagani, kaliy va kalsiy miqdori ortgani, B12 vitamini esa 37,0–41,8 % ga kamaygani aniqlandi. Natijalardan mahalliy baliq xomashyosidan konserva ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Authors
- Jahongir Hamza o'g'li Ilashev
- Rahmatullo Kurakbayevich Tashmanov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-15
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23388530
- Primary Topic
- Food and Agricultural Sciences
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00