RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA ADVOKATLIK SIRINI HIMOYA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY KAFOLATLARI
Maqolada advokatlik faoliyatini raqamlashtirish sharoitida advokatlik sirini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Advokat va ishonch bildiruvchi o'rtasidagi munosabatlar maxfiyligining malakali yuridik yordam olish huquqi, shaxsiy hayot daxlsizligi hamda inson huquqlarini samarali himoya qilish bilan bog'liqligi ochib beriladi. Raqamli muhitda ma'lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash bilan bog'liq xavflar ko'rib chiqilib, «advokatning raqamli immuniteti» doktrinal tushunchasi taklif etiladi. Ushbu yondashuv doirasida huquqiy, tashkiliy-protsessual va texnik kafolatlar tizimlashtiriladi. Sun'iy intellektdan foydalanishda advokatning kasbiy nazorati va javobgarligini saqlash zarurligi asoslanadi.
Authors
- Muxammad Suvonqul o'g'li Abdurayimov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-14
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23366102
- Primary Topic
- Digital Transformation in Law
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00