RAQAMLI MUHIT SHAROITIDA O'SMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Mazkur ilmiy maqolada o'smirlik davrida agressiv xulq-atvorning shakllanishida internet muhitining tutgan o'rni kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarining o'smir ongiga ta'siri, xususan, zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi onlayn materiallar va anonim virtual muloqot shaxsiy rivojlanishga salbiy ta'siri empirik usullar yordamida aniqlangan. Tadqiqot natijalari o'smirlarning agressiv xulq-atvori ko'p hollarda nazoratsiz internetdan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda nojo'ya muloqotlar va virtual o'yinlar, videolar orqali shakllanishini ko'rsatdi. Internetdan nazoratsiz va me'yoridan ortiq foydalanish natijasida agressiya, impulsivlik, empatiya darajasining pasayishi va ijtimoiy moslashuv muammolari yuzaga kelishi ilmiy dalillar asosida asoslab beriladi. Shu bilan birga, oilaviy qo'llab-quvvatlash, pedagogik yondashuv va sog'lom ijtimoiy muhit mavjud bo'lsa, bu salbiy ta'sirlarni kamaytirish mumkinligi isbotlandi. Tadqiqot jarayonida pedagogik, psixologik va sotsiologik manbalarga tayangan holda o'smirlar orasida agressiv xulq-atvorni oldini olishga qaratilgan samarali profilaktik choralar taklif etiladi. Ushbu maqola natijalari ota-onalar, pedagoglar va ijtimoiy pedagoglar faoliyatida amaliy ahamiyatga ega bo'lishi bilan ahamiyatlidir.
Authors
- Shaxnoza Samiyeva Abdumalik qiz
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-13
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23343286
- Primary Topic
- Child Development and Digital Technology
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00