O'ZBEKISTON XALQARO XUSUSIY HUQUQIDA CHET EL HUQUQI MAZMUNINI ANIQLASH: ISBOTLASH MAJBURIYATI VA SUDNING FAOL ROLI
Mazkur tezisda O'zbekiston xalqaro xususiy huquqida chet el huquqi mazmunini aniqlashning huquqiy mexanizmi, ushbu jarayonda sud va ishda ishtirok etuvchi taraflarning vazifalari hamda chet el huquqi mazmunini aniqlash bilan bog'liq protsessual muammolar tahlil qilinadi. Xususan, chet el huquqi normalarining mazmunini aniqlashda sudning faol ishtiroki, taraflarning tegishli ma'lumotlarni taqdim etishdagi ishtiroki, rasmiy huquqiy manbalardan foydalanish va chet el huquqini aniqlash jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, chet el huquqini huquqiy tartibga solish vositasi sifatida qo'llash bilan uning mazmunini ish doirasida isbotlash masalasi o'rtasidagi farq yoritiladi. Tadqiqot doirasida milliy qonunchilikni takomillashtirish, sud va taraflarning vazifalarini aniq belgilash hamda chet el huquqi mazmunini aniqlash samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish masalasi ko'rib chiqiladi.
Authors
- Sohiba G'ayrat qizi Sultamuradova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-12
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23324296
- Primary Topic
- Conflict of Laws and Jurisdiction
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00