OQIMLI SHIFRLASH ALGORITMLARINING KRIPTOBARDOSHLIGINI KOMPLEKS BAHOLASH METODOLOGIYASI
So'nggi yillarda Internet of Things (IoT), simsiz sensor tarmoqlari, 5G/6G aloqa tizimlari va boshqa resurslari cheklangan axborot-kommunikatsiya muhitlarining jadal rivojlanishi oqimli shifrlash algoritmlariga bo'lgan ehtiyojni sezilarli darajada oshirdi. Mazkur algoritmlar yuqori tezkorlik, kam hisoblash murakkabligi va apparat resurslaridan samarali foydalanishi bilan ajralib tursa-da, ularning kriptobardoshligini kompleks baholash mavjud tadqiqotlarning dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Mazkur maqolada oqimli shifrlash algoritmlarining xavfsizlik darajasini baholash uchun Boolean Dependency Graph (BDG) va Influence Matrix yondashuvlarini integratsiyalashga asoslangan yangi metodologiya taklif etiladi. Taklif etilgan metodologiya algoritmning ichki holatini grafik va matritsaviy modellar orqali tavsiflash, bitlararo funksional bog'liqliklarni aniqlash, ta'sirlarning tarqalish intensivligi va diffuziya dinamikasini miqdoriy ko'rsatkichlar asosida baholash imkonini beradi.
Authors
- Abduraximov Baxtiyor Fayziyevich
- Rahmatullayev Ilhom Raxmatullayevich
Institutions
- Kimyo International University in Tashkent (UZ)
- National University of Uzbekistan (UZ)
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-09
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23253491
- Primary Topic
- Cryptographic Implementations and Security
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00