POLIETILEN BUYUMLARNING FOTO- VA TERMOOKSIDLANISHIGA QALINLIK VA TARKIBNING TA'SIRI

Polietilen chiqindilarining atrof-muhitda uzoq vaqt saqlanishi ushbu materialning tabiiy va sun'iy iqlim omillari ta'siridagi qarish mexanizmlarini o'rganishni dolzarb qiladi. Mazkur ishda turli qalinlik va rangga ega yuqori zichlikdagi polietilen buyumlarning foto- va termooksidlanish xususiyatlari tezlashtirilgan quyosh sinovlari asosida tahlil qilindi. Namunalar Katta quyosh pechida (Parkent shahri) konsentrlangan quyosh nurlanishi hamda tabiiy atmosfera omillarining siklik ta'siriga 75 kun davomida duchor qilindi. Nurlanish oqimi zichligi 0,6 Vt/sm², sirt harorati esa taxminan 60 °C ni tashkil etdi [1]. Tadqiqot obyektlari sifatida qora rangli polietilen quvur (P-1), qora geomembrana (P-2) va to'q sariq rangli fiting (P-3) tanlandi. Strukturaviy va kimyoviy o'zgarishlar rentgen difraksiyasi hamda IQ-spektroskopiya yordamida baholandi. Oksidlanish darajasini tavsiflash uchun keton va vinil indekslari hisoblandi [2]. Rentgen difraksiyasi barcha namunalarda amorf-kristall polietilenga xos tuzilishni ko'rsatdi; P-1 namunada qo'shimcha ravishda CaCO₃ fazasi aniqlandi. Tezlashtirilgan sinovlardan so'ng barcha namunalarda kristallitlar o'lchami ortdi. Masalan, D₁₁₀ qiymati P-1 uchun 21,1 nm dan 25,3 nm gacha, P-2 uchun 17,0 nm dan 20,0 nm gacha va P-3 uchun 15,4 nm dan 20,0 nm gacha oshdi. D₂₀₀ qiymatlarida ham xuddi shunday tendensiya kuzatildi. Kristallitlarning o'sishi namuna qalinligi bilan bog'liq bo'lib, taxminan 60 °C da takroriy qizish natijasidagi termik kristallanish bilan izohlanishi mumkin [3]. Qalin P-1 va ayniqsa P-3 buyumlar yupqa P-2 namunaga qaraganda to'plangan issiqlikni uzoqroq saqlashi mumkin. IQ-spektrlar sinov jarayonida oksidlanish reaksiyalari kechganini tasdiqladi. Sinovlardan keyin C=O karbonil guruhlari hamda maksimumi 1030 sm⁻¹ atrofida bo'lgan C–O bog'lariga tegishli yutilish polosalari intensivligi oshdi. Dastlabki namunalarda 1690–1770 sm⁻¹ sohada kuzatilgan kuchsiz karbonil polosalari texnologik qo'shimchalar va ishlab chiqarish paytidagi birlamchi termooksidlanish bilan bog'liq deb qaraldi va indekslarni hisoblashda hisobga olindi. Natijalar buyum qalinligi degradatsiya mexanizmlarining nisbatiga sezilarli ta'sir qilishini ko'rsatdi. Eng yupqa P-2 geomembranada fotooksidlanish ustun bo'lib, bu karbonil sohasidagi spektral o'zgarishlar hamda keton va vinil indekslarining ortishi bilan namoyon bo'ldi. Qalinroq P-1 va P-3 namunalarda keton indeksining ortishi davom etdi, eng katta qiymat P-3 namunada kuzatildi. P-3 da to'yinmagan vinil bog'larining sarflanishi termooksidlanish jarayonining nisbatan kuchli ta'sirini ko'rsatadi [4]. P-1 quvur tarkibidagi CaCO₃ ning notekis taqsimlanishi ham materialning barqarorligiga ta'sir qiluvchi omillardan biri bo'lishi mumkin [5]. 1718 sm⁻¹ cho'qqi bo'yicha aniqlangan keton indeksi 0,045–0,053 oralig'ida bo'ldi. Sinovlar yakunida qora namunalar rangini saqlab qoldi, to'q sariq fiting sirtida esa rangsizlanish kuzatildi. Shunday qilib, 75 kunlik tezlashtirilgan sinovlardan keyin polietilen buyumlarda degradatsiyaning boshlang'ich yoki o'rtacha bosqichi qayd etildi. Yupqa buyumlarda fotooksidlanish, qalin namunalarda esa issiqlikni uzoqroq saqlash bilan bog'liq termooksidlanish hissasi kuchayishi aniqlandi. Natijalar polietilen buyumlarning quyosh va atmosfera ta'siriga chidamliligini baholashda nafaqat polimer tarkibi, balki buyum qalinligi, rang va mineral to'ldirgichlarning taqsimlanishini ham hisobga olish zarurligini ko'rsatadi.

Authors

Publication Details

Journal
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Published
2026-10-09
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23269193
Primary Topic
Polymer Science and PVC
Type
article
Field-Weighted Citation Impact
0.00
Controls
|||
ALL TIME
JAN
FEB
MAR
APR
MAY
JUN
JUL
AUG
SEP
OCT
article

POLIETILEN BUYUMLARNING FOTO- VA TERMOOKSIDLANISHIGA QALINLIK VA TARKIBNING TA'SIRI

Sh.R. Nurmatov, E.P. Mansurova, M.A. Zufarov, M.X. Rumi
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Polymer Science and PVC
article

POLIETILEN BUYUMLARNING FOTO- VA TERMOOKSIDLANISHIGA QALINLIK VA TARKIBNING TA'SIRI

Sh.R. Nurmatov, E.P. Mansurova, M.A. Zufarov, M.X. Rumi
article en

Abstract

Polietilen chiqindilarining atrof-muhitda uzoq vaqt saqlanishi ushbu materialning tabiiy va sun'iy iqlim omillari ta'siridagi qarish mexanizmlarini o'rganishni dolzarb qiladi. Mazkur ishda turli qalinlik va rangga ega yuqori zichlikdagi polietilen buyumlarning foto- va termooksidlanish xususiyatlari tezlashtirilgan quyosh sinovlari asosida tahlil qilindi. Namunalar Katta quyosh pechida (Parkent shahri) konsentrlangan quyosh nurlanishi hamda tabiiy atmosfera omillarining siklik ta'siriga 75 kun davomida duchor qilindi. Nurlanish oqimi zichligi 0,6 Vt/sm², sirt harorati esa taxminan 60 °C ni tashkil etdi [1]. Tadqiqot obyektlari sifatida qora rangli polietilen quvur (P-1), qora geomembrana (P-2) va to'q sariq rangli fiting (P-3) tanlandi. Strukturaviy va kimyoviy o'zgarishlar rentgen difraksiyasi hamda IQ-spektroskopiya yordamida baholandi. Oksidlanish darajasini tavsiflash uchun keton va vinil indekslari hisoblandi [2]. Rentgen difraksiyasi barcha namunalarda amorf-kristall polietilenga xos tuzilishni ko'rsatdi; P-1 namunada qo'shimcha ravishda CaCO₃ fazasi aniqlandi. Tezlashtirilgan sinovlardan so'ng barcha namunalarda kristallitlar o'lchami ortdi. Masalan, D₁₁₀ qiymati P-1 uchun 21,1 nm dan 25,3 nm gacha, P-2 uchun 17,0 nm dan 20,0 nm gacha va P-3 uchun 15,4 nm dan 20,0 nm gacha oshdi. D₂₀₀ qiymatlarida ham xuddi shunday tendensiya kuzatildi. Kristallitlarning o'sishi namuna qalinligi bilan bog'liq bo'lib, taxminan 60 °C da takroriy qizish natijasidagi termik kristallanish bilan izohlanishi mumkin [3]. Qalin P-1 va ayniqsa P-3 buyumlar yupqa P-2 namunaga qaraganda to'plangan issiqlikni uzoqroq saqlashi mumkin. IQ-spektrlar sinov jarayonida oksidlanish reaksiyalari kechganini tasdiqladi. Sinovlardan keyin C=O karbonil guruhlari hamda maksimumi 1030 sm⁻¹ atrofida bo'lgan C–O bog'lariga tegishli yutilish polosalari intensivligi oshdi. Dastlabki namunalarda 1690–1770 sm⁻¹ sohada kuzatilgan kuchsiz karbonil polosalari texnologik qo'shimchalar va ishlab chiqarish paytidagi birlamchi termooksidlanish bilan bog'liq deb qaraldi va indekslarni hisoblashda hisobga olindi. Natijalar buyum qalinligi degradatsiya mexanizmlarining nisbatiga sezilarli ta'sir qilishini ko'rsatdi. Eng yupqa P-2 geomembranada fotooksidlanish ustun bo'lib, bu karbonil sohasidagi spektral o'zgarishlar hamda keton va vinil indekslarining ortishi bilan namoyon bo'ldi. Qalinroq P-1 va P-3 namunalarda keton indeksining ortishi davom etdi, eng katta qiymat P-3 namunada kuzatildi. P-3 da to'yinmagan vinil bog'larining sarflanishi termooksidlanish jarayonining nisbatan kuchli ta'sirini ko'rsatadi [4]. P-1 quvur tarkibidagi CaCO₃ ning notekis taqsimlanishi ham materialning barqarorligiga ta'sir qiluvchi omillardan biri bo'lishi mumkin [5]. 1718 sm⁻¹ cho'qqi bo'yicha aniqlangan keton indeksi 0,045–0,053 oralig'ida bo'ldi. Sinovlar yakunida qora namunalar rangini saqlab qoldi, to'q sariq fiting sirtida esa rangsizlanish kuzatildi. Shunday qilib, 75 kunlik tezlashtirilgan sinovlardan keyin polietilen buyumlarda degradatsiyaning boshlang'ich yoki o'rtacha bosqichi qayd etildi. Yupqa buyumlarda fotooksidlanish, qalin namunalarda esa issiqlikni uzoqroq saqlash bilan bog'liq termooksidlanish hissasi kuchayishi aniqlandi. Natijalar polietilen buyumlarning quyosh va atmosfera ta'siriga chidamliligini baholashda nafaqat polimer tarkibi, balki buyum qalinligi, rang va mineral to'ldirgichlarning taqsimlanishini ham hisobga olish zarurligini ko'rsatadi.

Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Openalex Percentile: Top 25%
Polymer Science and PVC
AI Navigator

Ask Laika to Summarize, Analyze, and Connect papers live on the map.

Summarize Papers & Methodologies

Extract key findings, datasets, and comparative methods across publications.

Benchmark Rankings & Visual Analytics

Rank top research institutions, authors, funders, topics, and journals by Field-Weighted Citation Impact (FWCI) and paper volume with instant charts.

Connect Distant Disciplines

Bridge topological clusters on the map to find hidden collaborative intersections.