TEZLASHTIRILGAN QUYOSH SINOVLARIDAN SO'NG POLIETILENNING KRISTALL TUZILISHIDAGI O'ZGARISHLAR

Polietilen buyumlaridan foydalanish davomida quyosh nurlanishi, harorat va atmosfera omillari ularning molekulyar hamda nadmolekulyar tuzilishiga ta'sir ko'rsatadi. Ushbu ishda "Maxsus Polimer Zavodi" QK tomonidan ishlab chiqarilgan polietilen namunalarining Katta quyosh pechi (KQP) sharoitidagi tezlashtirilgan sinovlardan keyingi kristall tuzilish o'zgarishlari o'rganildi. Konsentrlangan quyosh nurlanishining oqim zichligi nurlantirish sohasi markazida 0,6 Vt/sm² bo'lib, namunalar sirtining harorati taxminan 60 °C ga yetdi [1]. Polietilen qattiq holatda amorf va kristall sohalardan tashkil topgan mikrogeterogen tizimdir. Shu sababli uning ekspluatatsion xossalari faqat kimyoviy tarkibga emas, balki kristall fazaning ulushi va morfologiyasiga ham bog'liq. Foto- va termooksidlanish jarayonlari, avvalo, amorf sohalarda kechib, makromolekulalarning qayta tashkil topishi va ikkilamchi kristallanish jarayonlarini yuzaga keltirishi mumkin. Namunalar tuzilishini baholashda IQ-Furye spektroskopiyasi, rentgen difraksiyasi (XRD) va differensial skanerlovchi kalorimetriya (DSK) usullaridan foydalanildi. DSK natijalari asosida Gibbs–Tomson munosabati yordamida lamellalar qalinligi ham baholandi [2]. Turli qalinlikdagi P-1, P-2 va P-3 namunalarining solishtirilishi ularning strukturaviy javobi bir xil emasligini ko'rsatdi. IQ va rentgen difraksiyasi natijalarida sinovlardan keyin barcha namunalarda kristallilik darajasining ortishi qayd etildi. DSK bo'yicha esa kristallilikning aniq ortishi, asosan, dastlab amorf fazasi ko'proq bo'lgan P-2 namunada kuzatildi: uning kristallilik darajasi 47 % dan 58 % gacha oshdi. P-1 namunada bu ko'rsatkich 59 % dan 57 % gacha, P-3 namunada esa 63 % dan 59 % gacha o'zgardi. Turli usullarda olingan qiymatlarning farqlanishi kristallilikni baholash usullarining sezgirligi va ular qayd etadigan strukturaviy xususiyatlarning turlicha ekanligi bilan bog'liq. P-1 namunaning kristalliligi o'lchash xatoligi (±2 %) chegarasida deyarli barqaror bo'lib, bunga uning tarkibidagi CaCO₃ mineral to'ldirgichi ham ta'sir qilishi mumkin. P-3 namunada esa DSK bo'yicha kristallilikning pasayishi aniqroq namoyon bo'ldi. Qalinlik ortishi bilan erish endotermik cho'qqisining murakkablashishi namuna ichida strukturaviy bir jinslilikning buzilishini ko'rsatadi. Kristallilik, erish harorati va lamella qalinligi bo'yicha natijalar P-2 namunada fotoinduksiyalangan xemokristallanish jarayoni faol kechganini ko'rsatadi. Qalinroq P-3 namunada esa termooksidlanish ta'siri kuchayib, dastlabki taxminan 10 nm lamellalarga nisbatan 6,5 nm gacha bo'lgan yupqa va nuqsonli lamellalar shakllangan. Ularning pastroq haroratda erishi namunaning erish entalpiyasi kamayishiga olib kelgan. Bu holat DSK usulida aniqlangan kristallilik qiymatlari va ularning o'zgarish tendensiyasi IQ hamda rentgen usullaridan farq qilishi mumkinligi haqidagi adabiyot ma'lumotlariga mos keladi [3].

Authors

Publication Details

Journal
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Published
2026-10-09
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23269176
Primary Topic
Polymer crystallization and properties
Type
article
Field-Weighted Citation Impact
0.00
Controls
|||
ALL TIME
JAN
FEB
MAR
APR
MAY
JUN
JUL
AUG
SEP
OCT
article

TEZLASHTIRILGAN QUYOSH SINOVLARIDAN SO'NG POLIETILENNING KRISTALL TUZILISHIDAGI O'ZGARISHLAR

Sh.R. Nurmatov, E.P. Mansurova, M.A. Zufarov, M.X. Rumi
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Polymer crystallization and properties
article

TEZLASHTIRILGAN QUYOSH SINOVLARIDAN SO'NG POLIETILENNING KRISTALL TUZILISHIDAGI O'ZGARISHLAR

Sh.R. Nurmatov, E.P. Mansurova, M.A. Zufarov, M.X. Rumi
article en

Abstract

Polietilen buyumlaridan foydalanish davomida quyosh nurlanishi, harorat va atmosfera omillari ularning molekulyar hamda nadmolekulyar tuzilishiga ta'sir ko'rsatadi. Ushbu ishda "Maxsus Polimer Zavodi" QK tomonidan ishlab chiqarilgan polietilen namunalarining Katta quyosh pechi (KQP) sharoitidagi tezlashtirilgan sinovlardan keyingi kristall tuzilish o'zgarishlari o'rganildi. Konsentrlangan quyosh nurlanishining oqim zichligi nurlantirish sohasi markazida 0,6 Vt/sm² bo'lib, namunalar sirtining harorati taxminan 60 °C ga yetdi [1]. Polietilen qattiq holatda amorf va kristall sohalardan tashkil topgan mikrogeterogen tizimdir. Shu sababli uning ekspluatatsion xossalari faqat kimyoviy tarkibga emas, balki kristall fazaning ulushi va morfologiyasiga ham bog'liq. Foto- va termooksidlanish jarayonlari, avvalo, amorf sohalarda kechib, makromolekulalarning qayta tashkil topishi va ikkilamchi kristallanish jarayonlarini yuzaga keltirishi mumkin. Namunalar tuzilishini baholashda IQ-Furye spektroskopiyasi, rentgen difraksiyasi (XRD) va differensial skanerlovchi kalorimetriya (DSK) usullaridan foydalanildi. DSK natijalari asosida Gibbs–Tomson munosabati yordamida lamellalar qalinligi ham baholandi [2]. Turli qalinlikdagi P-1, P-2 va P-3 namunalarining solishtirilishi ularning strukturaviy javobi bir xil emasligini ko'rsatdi. IQ va rentgen difraksiyasi natijalarida sinovlardan keyin barcha namunalarda kristallilik darajasining ortishi qayd etildi. DSK bo'yicha esa kristallilikning aniq ortishi, asosan, dastlab amorf fazasi ko'proq bo'lgan P-2 namunada kuzatildi: uning kristallilik darajasi 47 % dan 58 % gacha oshdi. P-1 namunada bu ko'rsatkich 59 % dan 57 % gacha, P-3 namunada esa 63 % dan 59 % gacha o'zgardi. Turli usullarda olingan qiymatlarning farqlanishi kristallilikni baholash usullarining sezgirligi va ular qayd etadigan strukturaviy xususiyatlarning turlicha ekanligi bilan bog'liq. P-1 namunaning kristalliligi o'lchash xatoligi (±2 %) chegarasida deyarli barqaror bo'lib, bunga uning tarkibidagi CaCO₃ mineral to'ldirgichi ham ta'sir qilishi mumkin. P-3 namunada esa DSK bo'yicha kristallilikning pasayishi aniqroq namoyon bo'ldi. Qalinlik ortishi bilan erish endotermik cho'qqisining murakkablashishi namuna ichida strukturaviy bir jinslilikning buzilishini ko'rsatadi. Kristallilik, erish harorati va lamella qalinligi bo'yicha natijalar P-2 namunada fotoinduksiyalangan xemokristallanish jarayoni faol kechganini ko'rsatadi. Qalinroq P-3 namunada esa termooksidlanish ta'siri kuchayib, dastlabki taxminan 10 nm lamellalarga nisbatan 6,5 nm gacha bo'lgan yupqa va nuqsonli lamellalar shakllangan. Ularning pastroq haroratda erishi namunaning erish entalpiyasi kamayishiga olib kelgan. Bu holat DSK usulida aniqlangan kristallilik qiymatlari va ularning o'zgarish tendensiyasi IQ hamda rentgen usullaridan farq qilishi mumkinligi haqidagi adabiyot ma'lumotlariga mos keladi [3].

Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Openalex Percentile: Top 26%
Polymer crystallization and properties
AI Navigator

Ask Laika to Summarize, Analyze, and Connect papers live on the map.

Summarize Papers & Methodologies

Extract key findings, datasets, and comparative methods across publications.

Benchmark Rankings & Visual Analytics

Rank top research institutions, authors, funders, topics, and journals by Field-Weighted Citation Impact (FWCI) and paper volume with instant charts.

Connect Distant Disciplines

Bridge topological clusters on the map to find hidden collaborative intersections.