"MIDNIGHT'S CHILDREN" VA "BOQIY DARBADAR" ROMANLARIDA MIF VA VOQELIKNING UYG'UNLASHUV MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada Salmon Rushdiyning "Midnight's Children" ("Yarim tun farzandlari") hamda Isajon Sultonning "Boqiy darbadar" romanlarida mifologik tafakkur va tarixiy-real voqelikning badiiy uyg'unlashuvi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sehrli realizm poetikasining ontologik, narrativ, xronotopik va funksional-g'oyaviy mezonlari asosida ikki asarning mifologik qatlamlari, tarix va hujjatning badiiy vazifasi, vaqt va makonning tashkil etilishi, inson va tabiatning g'ayritabiiy talqini hamda diniy-madaniy an'analarning o'zaro munosabati yoritiladi. Tahlil natijasida har ikki roman real va noreal qatlamlarni qarama-qarshi qo'yish emas, balki ularni yagona badiiy olamda birlashtirish orqali tarixiy haqiqatni yangicha idrok etishga xizmat qilishi aniqlanadi. Biroq Rushdiy mifologik obrazlarni ko'proq kinoyaviy va desakralizatsion ruhda qo'llasa, Isajon Sulton ularni ma'naviy-axloqiy va universal mazmun bilan uyg'unlashtiradi.
Authors
- Xilola Raxmonjon qizi Joʻraboyeva
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-09
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23261005
- Primary Topic
- Comparative and World Literature
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00