TRANSFORMATORLARNING YUKLAMA REJIMLARINI TAHLIL QILISH VA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Ushbu tezisda elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tizimlarining muhim elementi hisoblangan transformatorlarning yuklama rejimlari, ularning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'siri hamda energiya samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Transformatorning yuklama darajasi o'zgarishi natijasida quvvat isroflari, foydali ish koeffitsiyenti, kuchlanishning og'ishi va qurilmaning issiqlik holatida yuzaga keladigan o'zgarishlar ko'rib chiqilgan. Transformatorlarda energiya samaradorligini oshirish uchun yuklamani optimal taqsimlash, reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish, texnik holatni muntazam nazorat qilish va zamonaviy energiya tejamkor transformatorlardan foydalanishning ahamiyati asoslangan. Tadqiqot natijalari transformatorlarning ish rejimini to'g'ri tashkil etish orqali elektr energiyasi isroflarini kamaytirish va elektr ta'minoti tizimining ishonchliligini oshirish mumkinligini ko'rsatadi.
Authors
- R. V. Shoboyev
- S.D. To'rayev
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-08
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23241388
- Primary Topic
- High-Voltage Power Transmission Systems
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00