O'ZBEKISTON DEVELOPERLIK LOYIHALARINING PR KOMMUNIKATSIYASIDA GENERATIV SUN'IY INTELLEKT VA SHAXSIY BREND INTEGRATSIYASI
Mazkur tezisda O'zbekiston developerlik loyihalarining zamonaviy PR kommunikatsiyasida generativ sun'iy intellekt (GenSI) texnologiyalari va ekspert shaxsiy brendining integratsiyasi hamda uning auditoriya ishonchini shakllantirishdagi kommunikativ ahamiyati tadqiq etiladi. Raqamli media muhitida developerlik loyihalari uchun nafaqat axborotni tezkor va vizual jihatdan jozibador yetkazish, balki ishonchli kommunikativ munosabatlarni shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. GenSI matn, tasvir va video kontent yaratish jarayonlarini tezlashtirishi mumkin bo'lsa-da, uning qo'llanilishi kontentning autentikligi, shaffofligi va manba ishonchliligi bilan bog'liq yangi kommunikativ muammolarni yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotda manbaning ishonchliligi, shaffofligi va auditoriya munosabati tushunchalari o'zaro bog'liq kommunikativ kategoriyalar sifatida tahlil qilinadi. Mazkur model O'zbekiston sharoitida developerlik loyihalarining raqamli PR strategiyalarini kommunikativ jihatdan takomillashtirish uchun nazariy-metodologik asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Authors
- Shaxnoza Alisher qizi Sultanova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-08
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23239093
- Primary Topic
- Public Relations and Crisis Communication
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00