O'ZBEK VA QARDOSH XALQLAR ADABIYOTI NAMUNALARINI QIYOSLASH METODI ORQALI O'RGANISH
Mazkur tezisda o'zbek va qardosh xalqlar adabiyoti namunalarini qiyoslash metodi asosida o'rganishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Qiyosiy tahlilning badiiy asar mazmuni, g'oyasi, obrazlar tizimi, syujet-kompozitsion qurilishi va badiiy ifoda vositalarini chuqur anglashdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. O'zbek adabiyoti va qardosh xalqlar adabiyoti o'rtasidagi mushtaraklik hamda milliy o'ziga xosliklarni aniqlashda qiyoslash metodining ahamiyati ko'rsatib berilgan. Shuningdek, adabiyot darslarida mazkur metoddan foydalanish o'quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi, estetik didi va boshqa xalqlar madaniyatiga hurmatini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslangan.
Authors
- Barnoxon Sadiriddin qizi Homidova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-08
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23241370
- Primary Topic
- Comparative and World Literature
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00