IQTISODIY O'SISH VA EKOLOGIK BARQARORLIK KO'RSATKICHLARINI EKONOMETRIK MODELLAR YORDAMIDA PROGNOZLASH
Maqolada O'zbekistonda iqtisodiy o'sish va karbonat angidrid (CO₂) chiqindilari o'rtasidagi bog'liqlik 1990–2024-yillar ma'lumotlari asosida ekonometrik modellar yordamida tahlil qilingan hamda 2030-yilgacha prognoz qilingan. Kuznetsning ekologik egri chizig'i gipotezasi O'zbekiston uchun statistik jihatdan tasdiqlanmadi. ARIMA(1,1,0) modeli yordamida real YaIM 2030-yilda 235,9 mlrd dollarga yetishi prognoz qilindi. 2016–2024-yillarda CO₂ chiqindilarining YaIMga nisbatan elastikligi 0,545 ni tashkil etgani sababli joriy tendensiya saqlansa, chiqindilar 2030-yilga borib 22,4 foizga oshadi. Natijalar iqtisodiy o'sishdan chiqindilarning nisbiy ajralishi ro'y berayotganini, biroq mutlaq kamayishga erishilmayotganini ko'rsatadi.
Authors
- Qarshiyev Istamjon Hayitmurod O‘g‘li
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-08
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23242657
- Primary Topic
- Energy, Environment, Economic Growth
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00