"DEVONI HABIB" QO'LYOZMA NUSXALARINING TAVSIFI
Mazkur maqolada Habib ijodiy merosining muhim yozma manbalaridan biri bo'lgan "Devoni Habib"ning qo'lyozma nusxalari qiyosiy-matniy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti asosiy fondida saqlanayotgan 946, 7086 va 1142 raqamli qo'lyozma nusxalarning kitobat xususiyatlari, tarkibi, hajmi, janriy tuzilishi va matniy farqlari tahlil qilingan. Qo'lyozmalardagi g'azal, muxammas, musaddas, qasida va Navro'znoma kabi janrlarning miqdoriy va tarkibiy ko'rsatkichlari qiyoslangan. Shuningdek, nusxalar o'rtasida uchraydigan imloviy, leksik va kompozitsion tafovutlar aniq misollar asosida tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida 946 raqamli qo'lyozmaning matn to'liqligi, tartibliligi, poygirlarning mavjudligi va boshqa nusxalarga nisbatan kamroq nuqsonlarga egaligi aniqlanib, uni "Devoni Habib"ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlashda tayanch nusxa sifatida olish mumkinligi asoslangan. Shuningdek, 7086 va 1142 raqamli qo'lyozmalar hamda 582 raqamli bayoz Habib ijodiy merosining matniy tarkibini to'ldiruvchi muhim manbalar sifatida baholangan.
Authors
- Iroda Jamoliddin qizi Nosirova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-08
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23239261
- Primary Topic
- Classical Studies and Philology
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00