O‘ZBEKISTONDA MUROBAHAGA ASOSLANGAN NASIYA SAVDONING FUQAROLIK-HUQUQIY TABIATI VA UNI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida islomiy moliyalashtirish xizmatlarining rivojlanishi sharoitida murobahaga asoslangan nasiya savdoning fuqarolik-huquqiy tabiati tahlil qilinadi. Xususan, mikromoliya tashkiloti tomonidan nasiya savdo obyektini sotib olish, unga egalik qilish, mijozga realizatsiya qilish, narx va ustama haqni belgilash, tavakkalchiliklarni taqsimlash hamda taraflarning huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, murobaha shartnomalarini elektron shaklda tuzish, raqamli platformalar orqali amalga oshirish va kelgusida smart-kontrakt texnologiyalaridan foydalanishning huquqiy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida murobaha munosabatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish hamda ularni raqamli muhitga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Authors
- Shoymardonova Mushtariybegim Alisher qizi
Publication Details
- Journal
- Law, policy and society – Правo, пoлитика и oбществo - Huquq, siyosat va jamiyat
- Published
- 2026-10-06
- Primary Topic
- Islamic Finance and Banking Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00