TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA QO‘YILADIGAN MAJBURIY TALABLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Mazkur maqolada tadbirkorlik faoliyatiga qo‘yiladigan majburiy talablarning huquqiy tabiati, ularni tizimlashtirish va majburiy talablar reyestrida yuritishning huquqiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadbirkorlik subyektiga nisbatan majburiy talablarni belgilashning aniqligi, ularning ochiqligi, amal qilish muddati va qayta ko‘rib chiqilishi tadbirkorlik erkinligini ta’minlashning muhim kafolati ekanligi asoslantiriladi. O‘zbekiston qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan, Majburiy talablar reyestriga qonun darajasida huquqiy maqom berilishi tahlil qilinib, reyestrni oddiy axborot bazasidan tartibga solish yukini boshqarish vositasiga aylantirish yuzasidan takliflar ilgari suriladi. Qozog‘iston va Rossiya tajribasi asosida majburiy talablarni davriy baholash, ularning samaradorligini o‘lchash, nazorat tadbirlari bilan integratsiya qilish hamda tadbirkorning o‘z faoliyatini mustaqil tekshirish mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Authors
- Rahmatillayev Elnur Anvar o‘g‘li
Publication Details
- Journal
- Science and society - Наука и oбщество - Fan va jamiyat
- Published
- 2026-10-06
- Primary Topic
- Legal Studies and Reforms
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00