OʻZBEKISTONDA TOʻLOV INFRATUZILMASINING HUDUDIY TAFOVUTLARI: STATISTIK TAHLIL
Ushbu ilmiy-tahliliy maqolada Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida toʻlov infratuzilmasi va raqamli moliyaviy xizmatlarning rivojlanish darajasi hamda ulardagi geografik va ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar statistik va ekonometrik usullar yordamida tadqiq qilingan. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Milliy statistika qoʻmitasi (Statistika agentligi), Osiyo taraqqiyot banki (ADB), KPMG hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) ma'lumotlar bazalaridan foydalanildi. Tahlil natijalari 2015–2025-yillarda respublikada bank kartalari, POS-terminallar va bankomatlar tarmogʻi jadal kengayganini, xususan, naqd pulsiz kartali toʻlovlar hajmi 2021-yildagi YaIMning 25 foizidan 2025-yilda 72 foiziga yetganini koʻrsatdi. Biroq, toʻlov infratuzilmasi va raqamli xizmatlardan foydalanish darajasida Toshkent shahri va viloyatlar oʻrtasida sezilarli nomutanosiblik saqlanib qolmoqda. Internet va toʻlov infratuzilmasining hududiy variatsiya koeffitsiyenti 2015-yildagi 0,787 dan 2024-yilda 0,322 gacha qisqargan boʻlsa-da, poytaxt va chekka hududlar (Surxondaryo, Qoraqalpogʻiston, Namangan) oʻrtasidagi infratuzilmaviy va moliyaviy qamrov uzilishi dolzarbligicha qolmoqda. Maqolada hududiy tafovutlarni keltirib chiqaruvchi omillar va ularni kamaytirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Authors
- Axralovna Shakirova Nigora
- Muxtor qizi Aliboyeva Dilroz
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-06
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23188595
- Primary Topic
- Digital Transformation in Financial Services
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00