QISHLOQ XOʻJALIGI EKINLARI BOʻYICHA DALA TAJRIBALARINI OʻTKAZISH USULLARI (QORA KUNGABOQAR MISOLIDA)
Ushbu maqolada qishloq xoʻjaligi ekinlari boʻyicha dala va dala-lizimetrik tajribalarini oʻtkazishning asosiy usullari, ularning ilmiy asoslari va amaliy qoʻllanilishi qora kungaboqar misolida bayon etilgan. Tajribalarni rejalashtirishning uch tamoyili — takrorlik, tasodifiylik (randomizatsiya) va nazorat — hamda uchastkalarni joylashtirishning tizimli, standart va tasodifiy usullari taqqoslandi. Tasodifiy blokli joylashtirish sxemasi (6 variant × 3 takrorlik, 18 uchastka) kungaboqar tajribalari uchun eng maqbul usul ekanligi asoslandi; uchastka oʻlchami, himoya yoʻlaklari, kuzatuv va hisob-kitoblar, dispersion tahlil (ANOVA) hamda eng kichik aniq farq (EKAF) hisoblash tartibi keltirildi. Lizimetr qurilmasi (1,0 × 2,0 m, 90 sm chuqurlik, 20 litrli yigʻuvchi latok) orqali azot yuvilishi va suvdan foydalanishni oʻrganish usuli yoritildi. Maqola tajriba oʻtkazuvchi yosh tadqiqotchilar uchun uslubiy qoʻllanma sifatida foydalanishga moʻljallangan.
Authors
- Sultanovich Nasirov Batiy-xan
- Maxmudovic Bozorov Xolmurod
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-05
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23149536
- Primary Topic
- Agricultural Science and Fertilization
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00