RAHMONQUL QURBONOVNING OʻZBEKISTON SSR SOVXOZLAR VAZIRLIGIDAGI ISH FAOLIYATI
Mazkur maqolada O'zbekiston SSRda sovet davri qishloq xo'jaligi boshqaruvi tizimida faoliyat yuritgan davlat arbobi Rahmonqul Qurbonovning Sovxozlar vazirligidagi ish faoliyati tarixiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda uning sovxozlar tizimida boshqaruvni tashkil etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qishloq xo'jaligi korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mehnat jamoalarini safarbar etish hamda davlat rejalari ijrosini ta'minlash borasidagi faoliyatiga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, Qurbonov faoliyati o'sha davrdagi sovet agrar siyosatining umumiy xususiyatlari, paxtachilikka ixtisoslashuv va markazlashgan rejalashtirish tizimi bilan bog'liq holda ko'rib chiqiladi. Maqolada Rahmonqul Qurbonovning rahbarlik uslubi, tashkiliy qobiliyati va ishlab chiqarish masalalariga amaliy yondashuvi uning keyingi davlat boshqaruvidagi faoliyati uchun muhim tajriba maktabi bo'lganligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida Qurbonovning Sovxozlar vazirligidagi faoliyati O'zbekiston qishloq xo'jaligi boshqaruvi tarixining muhim bosqichlaridan biri sifatida baholanadi.
Authors
- Sunatovich Jumayev Abbos
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-05
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23172206
- Primary Topic
- Soviet and Russian History
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00