MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KREATIV VA MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKILLANTIRISH YO'LLARI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kreativ va mantiqiy tafakkurini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari hamda samarali usullari yoritilgan. Maktabgacha ta'lim davrida bolaning mustaqil fikrlashi, yangicha yondashuvi, muammoli vaziyatlarga yechim topishi, sabab va oqibatlarni anglay olishi hamda o'z fikrini erkin ifodalash ko'nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada o'yin, muammoli vaziyatlar, ijodiy topshiriqlar, savol-javob, kuzatish, tajriba, modellashtirish va didaktik o'yinlardan foydalanish orqali bolalarning kreativ va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, tarbiyachining bolalar uchun erkin, ijodiy va rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishdagi roli hamda individual yondashuvning ahamiyati ochib berilgan
Authors
- KOMILJON QIZI QADIROVA SURMAXON
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-05
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23160439
- Primary Topic
- Early Childhood Education and Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00