QATAG'ON QURBONLARINING HAYOTI VA FAOLIYATI: TARIXIY XOTIRA VA MILLIY MEROS
Mazkur maqolada XX asrning 20–50-yillarida O'zbekistonda yuz bergan siyosiy qatag'onlar, uning milliy ziyolilar hayoti va faoliyatiga ko'rsatgan ta'siri hamda qatag'on qurbonlarining ilmiy, adabiy va ma'rifiy merosi tahlil qilinadi. Xususan, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon, Abdurauf Fitrat va Mahmudxo'ja Behbudiy kabi milliy uyg'onish harakatining yirik namoyandalari faoliyatiga e'tibor qaratiladi. Ularning ma'rifat, milliy o'zlik, ilm-fan, adabiyot va ta'lim rivojiga qo'shgan hissasi ochib beriladi. Shuningdek, qatag'on siyosatining ziyolilar hayotiga ta'siri, hibsga olish, surgun, qatl etish, asarlarni taqiqlash kabi jarayonlar hamda mustaqillik yillarida tarixiy adolatni tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar yoritiladi.
Authors
- Ummatkulovna Husanboyeva Gulnoza
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-05
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23159927
- Primary Topic
- Soviet and Russian History
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00