ODAM GENETIKASI VA GENOMIKA FANLARINI OʻQITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Mazkur maqolada odam genetikasi va genomika fanlarini pedagogik ta'lim tizimida o'qitish metodikasini takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Genomika sohasidagi jadal ilmiy-texnik taraqqiyot pedagogik oliygohlarda fanni o'qitish mazmuni, usullari va vositalariga nisbatan yangi talablar qo'yayotganligi asoslab berilgan. Tadqiqotda kompetensiyaviy, integrativ va muammoli-tadqiqotchilik yondashuvlariga tayangan holda bo'lajak biologiya o'qituvchilarini tayyorlash uchun metodik model taklif etilgan. Model vizual-modellashtirish, bioinformatik amaliyot, case-study, loyiha asosidagi ta'lim va bioetika modullarini o'z ichiga oladi. Maqolada, shuningdek, taklif etilgan metodikaning amaliy samaradorligini ko'rsatuvchi tajriba-sinov natijalari ham keltirilgan.
Authors
- Temurovna Yakubova Farida
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-05
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23160392
- Primary Topic
- Genetics, Bioinformatics, and Biomedical Research
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00