“BADIIY KULOLCHILIKDA LOY MATERIALINING XUSUSIYATLARI VA UNDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI”
Mazkur maqolada badiiy kulolchilikda asosiy xomashyo sifatida qo‘llaniladigan loy materialining fizik va texnologik xususiyatlari, uni tanlash, tayyorlash hamda undan badiiy buyumlar yaratish jarayonlari tahlil qilinadi. Loyning plastikligi, yopishqoqligi, namligi, maydalanish darajasi, qurish va pishirish jarayonidagi xususiyatlari kulolchilik buyumlarining sifatiga ta’sir etuvchi muhim omillar sifatida yoritiladi. Shuningdek, loyni tozalash, elash, namlash, aralashtirish, yetiltirish va ishlashga tayyorlash bosqichlari, shakl berish, quritish, bezash va pishirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. An’anaviy kulolchilik tajribalarida loydan foydalanish usullari hamda zamonaviy badiiy kulolchilikda material xususiyatlarini hisobga olishning ahamiyatiga e’tibor qaratiladi.
Authors
- Narkuziyeva Sayyoraxon
Publication Details
- Journal
- JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH
- Published
- 2026-10-30
- Primary Topic
- Cultural Heritage Materials Analysis
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00