O'ZBEKISTONDA BANK KREDITLARI HAJMINING IQTISODIY O'SISHGA TA'SIR
Mazkur maqolada O'zbekistonda bank kreditlari hajmi bilan iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlik 2020–2026-yillar kesimida tahlil qilinadi. Tadqiqotda kredit portfelining dinamikasi, kredit/YAIM nisbati, kredit-depozit ko'rsatkichi, kreditlarning tarmoqlar va mulkchilik bo'yicha tarkibi hamda muammoli kreditlar ko'rsatkichlari o'zaro taqqoslanadi. 2026-yil uchun bank tizimi bo'yicha 1-avgust holatidagi Markaziy bank ma'lumotlari, iqtisodiy o'sish bo'yicha esa 2026-yil yanvar–iyun davrining rasmiy statistikasi asos qilib olindi. Natijalar kredit hajmining mutlaq o'sishi iqtisodiy faollikni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirganini, biroq kreditning o'sishga ta'siri uning qaysi tarmoqlarga, qanday shartlarda va qanday risk bilan yo'naltirilganiga kuchli bog'liqligini ko'rsatadi. Maqolada kreditlash samaradorligini oshirish, davlat banklarida bozor tamoyillarini kuchaytirish, hududiy kreditlashni diversifikatsiya qilish va makroprudensial nazoratni takomillashtirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Authors
- Axralovna Shakirova Nigora
- Axmat o'g'li Buriyev Abbos
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-04
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23132784
- Primary Topic
- Banking stability, regulation, efficiency
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00