REAL ISH HAQI VA MEHNAT UNUMDORLIGI O'RTASIDAGI TAFOVUTNING STATISTIK TAHLILI: O'ZBEKISTON VA XALQARO TAJRIBA
Ushbu ilmiy-tahliliy maqolada O'zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlarida real ish haqi hamda mehnat unumdorligi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va dinamik tafovutlar hamda ekonometrik-statistik tahlil usullari yordamida o'rganilgan. Tadqiqot jarayonida O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018–2026-yillardagi "Mehnat bozori sharhlari", Milliy statistika agentligi, Xalqaro mehnat tashkiloti (ILOSTAT), Jahon banki va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma'lumotlar bazalaridan foydalanildi. Tahlil natijalari 2018–2025-yillarda O'zbekistonda mehnat unumdorligining o'rtacha yillik o'sishi 3–5 foizni tashkil etgan bir paytda, real ish haqining o'sishi 6,0–9,5 foiz oralig'ida shakllanib, unumdorlik sur'atlaridan ilgarilab ketayotganini ko'rsatdi. Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) ko'rsatkichlariga ko'ra, 2025-yilda O'zbekistonda mehnat unumdorligi bir soat uchun 13,7 dollarni (2021-yilgi PPP bo'yicha) tashkil etib, xalqaro reytingda 185 mamlakat ichida 112-o'rinni egallagan. Maqolada real ish haqining unumdorlikdan o'zib ketishi ("tezlashgan ish haqi inflyatsiyasi") va birlik mehnat xarajatlarining (Unit Labor Costs — ULC) oshishi sabablari, pul o'tkazmalarining rezerva ish haqiga ta'siri hamda proinflyatsion bosimlar tahlil qilinib, mehnat unumdorligini oshirish va "Skills-First" iqtisodiyotiga o'tish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Authors
- Axralovna Shakirova Nigora
- Sunnatillo qizi Azamatova Mavluda
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-10-03
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.23125575
- Primary Topic
- Economic and Industrial Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00